Innovatsion rivojlanish vazirligida “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni g’oliblariga taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
Mazkur tanlovda yurtimizning barcha hududidagi innovatsion gʻoya va texnologiyalarni rivojlantirish hamda ularni amaliyotga tatbiq etishga munosib hissa qoʻshgan talabalar, yosh olimlar hamda tashabbuskor fuqarolari ishtirok etib gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi. Faxr bilan aytimizi kerakki ularning safida Andijon davlat tibbiyot instituti pediatriya fakulteti 4-bosqich talabasi Abdurauf Abdurashidov ham bor.
“InnoWeek – 2020” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida ko’krak nishoni sovrindorlariga O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi tomonidan koʻkrak nishoni, uning guvohnomasi va esdalik sovg’alar tantanali ravishda topshirildi.
Shu bilan birga, “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni taqdirlash marosimiga bagʻishlangan tadbirda Innovatsion rivojlanish vaziri I.Abdurahmonov, Innovatsion rivojlanish vazir oʻrinbosari O.Toʻychiyev, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi A.Jumaboyev hamda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ko’krak nishoni sohiblari nutq soʻzladilar.
Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi “Innovatsion gʻoya yetakchisi” koʻkrak nishoni sohibi iqtidorli talaba Abdurauf Abdurashidovga bundanda ulkan zafarlar talaydi.
ADTI axborot xizmati