Andijon davlat tibbiyot institutida 2020 yil – Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili munosabati bilan sohani axborot texnalogiyalari bilan ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash, qayta jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, institut klinikasi hududidagi Endourologiya markazi binosining qayta qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. “Yangi zamon quruvchisi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan markazda soha xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash, talabalar, magistrlarni yangi zamonaviy davolash usullari bilan tanishtirish ishlarini olib borish rejalashtirilgan. Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimov markazda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Onlayn ta’lim tizimi davomida institutning Axborot texnologiyalari markazi juda katta kuch bilan faoliyat ko‘rsatmoqda. Ayni paytda markaz tubdan qayta qurilib zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanmoqda.
E’tiborli jihati, markaz qoshida professor-o‘qituvchilar foydalayotgan 30 ta ZOOM platformasidan 11 tasi uchun maxsus kabinalar ishga tushirildi. Mazkur kabinalar orqali bir vaqtni o‘zida bir joyda turli yo‘nalishlar bo‘yicha bir necha guruhlar ma’ruzalar tinglash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimov Endourologiya va Axborot texnologiyalari markazilarida amalga oshirilayotgan qurilish, jihozlash ishlari bilan tanishar ekan, talabalarga va professor-o‘qituvchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida mas’ul xodimlarga qo‘shimcha topshiriq, ko‘rsatmalar berdi.
ADTI axborot xizmati