2020-yilning 16-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalarni bajarish hamda Andijon viloyat hokimining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zahiraga jamg‘arish borasidagi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutining Texnik-foydalanish va xo‘jalik bo‘limlari, ma’muriyat xodimlari hamda o‘quv-yordamchi xodimlarning 400 nafariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarqatildi.
Institut xodimlari tarqatilgan jami 48 tonna kartoshka, piyoz, sabzi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yangi va sifati yaxshi ekanligidan mamnun bo‘ldilar.
ADTI axborot xizmati