14 noyabr – Xalqaro diabetga qarshi kurash kuni – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

14 noyabr – Xalqaro diabetga qarshi kurash kuni

16:05 14.11.2020

Har yili an’anaga aylangan 14-noyabr butun jahonda «Xalqaro diabetga qarshi kurash kuni” sifatida nishonlanadi. Bu sanada 1891-yilda insulin gormoni sun’iy tarzda ajratib olgan va insulinoterapiyaga asos solgan Fredik Bantingni tavallud topgan kuni.

14-noyabrda butun jahonda qandli diabetga qarshi kurashga bag‘ishlangan turli xil tadbirlar o‘tkaziladi. Shu qatorda Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi mudiri Sh.K.Yusupova boshchiligida kafedra assistentlari X.X.Chartaqova, Ya.M.Qo’ldashyeva birgalikda endokrinologiya bo‘limida yotib davolanayotgan bemorlar bilan uchrashib, ularga qandli diabet kasalligi to‘g‘risida ma’lumotlar berdilar.

Samimiy muloqot davomida bemorlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga targ‘ibot qilindi. Shuningdek, bemorlarga shu kasallik bo‘yicha adabiyotlar, to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha ko‘rgazmali materiallar tarqatildi.

“Xalqaro diabetga qarshi kurash kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuv barchaga manzur bo‘ldi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content Click to listen highlighted text!