Andijon viloyatida noyabr oyi “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilgan. Ushbu oylik doirasida viloyatimizda yoshlar uchun qator loyiha va tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Yodingizda bo‘lsa, o‘tgan yilning 17-noyabr kunida viloyatimiz yoshlaridan “Viloyat hokimi stipendiyasi”ni tashkil etish taklifi kelib tushgan edi.
Bugun oradan bir yil o‘tib tashabbuskor talaba yoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida 23 nafar yoshlar “Viloyat hokimi stipendiyasi” bilan taqdirlandilar.
“Viloyat hokimi stipendiyasi” bilan taqdirlanganlar qatorida Andijon davlat tibbiyot institutidan Shaxzodbek Abdullayev, Boburbek Abdulazizxojiyev, Temur Tojiboyev, Sofiya Mamarasulova, Durdona Zaynobiddinovalar bor.
Institut ma’muriyati va talabalari nomidan “Viloyat hokimi stipendiyasi” sohiblarini chin dildan qutlaymiz va ularga yangidan-yangi zafarlar tilaymiz.
ADTI axborot xizmati