Joriy yilning 25-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengash ishini institut rektori M.M.Madazimov olib bordi.
Kengash ishida asosan Asosiy Komusimizning 28 yilligiga tayyorgarlik va o‘tkazilgan ma’naviy va ma’rifiy tadbirlar xamda “Institutda An’anaviy va onlayn mashgulotlar olib borilishi. Muammolar va ularni yechimi” masalasi muhokama qilindi. Ilmiy kengash yig‘ilishida fakultetlar dekanlari, bo‘lim boshliqlari, kafedralarning mudirlari ishtirok etdilar.
Dastlab mavzu yuzasidan Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor vazifasini vaqtincha bajaruvchi A.A.Abduhalimovning Asosiy Komusimizning 28 yilligiga tayyorgarlik va o‘tkazilgan ma’naviy va ma’rifiy tadbirlari xaqida ma’lumoti tinglandi.
Shundan sung o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor vazifasini bajaruvchi B.R.Abdullajonovning mavzu yuzasidan ma’lumotlari tinglandi.
Ma’ruzachilardan so‘ng an’anaviy ta’limni tashkil etish borasidagi yutuq va muammolar, talabalarning mashg‘ulotlardagi ishtiroki keng muhokama qilindi.
Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
Ilmiy kengash so‘nggida ko‘krak nishoni sovrindori, Xokim stipendiyasi sovrindorlari va pandemiya davrida faol ishtiroki uchun “Yosh volontyorlar guruxi” volontyorlari institut rektori tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.