alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti “Medical Leaders’ Club” talabalar ilmiy jamiyatining 1-jamoaviy olimpiadasi 2-kurslar orasida o‘tkazildi

17:44 17.12.2020

Olimpiada ADTI o’quv ishlari prorektori B.R. Abdullajonov va normal fiziologiya kafedrasi tomonidan tashkil etildi.
ADTI 2-kurs talabalaridan iborat 7 ta jamoa – «High Light», «Smart Team», «Diamond», «Medicus», «Progress», «Iatros», «Patriot» jamoalari g‘oliblik uchun 3 bosqichda kurash olib bordilar.
Ishtirokchilar 1-bosqichda jamoalar va ularning tarkibi haqida umumiy ma’lumot berishdi va tibbiy-fundamental fanlar va klinik fanlarning o’zlashtirishlari bo‘yicha bilimlarini ko‘rsatishdi.

2-bosqichda “Blits savollari”, “Test savollari”, “Vaziyatli masalalar” bo‘yicha sinovdan o‘tdilar. 3-shartda – final bahsida jamoa a’zolarining individual bilim darajasini aniqlandi.

Ishtirokchilarning bilimlarini normal fiziologiya kafedrasi dotsenti Sh.Qodirov, topografik anatomiya va anatomiya kafedrasi dotsenti I.Sattiboyev,  normal fiziologiya kafedrasi mudiri A.Xudoyarova,  tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi katta o’qituvchisi R.Kamoldinovalardan iborat  hakamlar hay’ati a’zolari baholab bordilar.

Qiziqarli bahslardan so‘ng «Medical Leaders Club» talabalar ilmiy jamiyatida o’tkazilgan 1-jamoaviy olimpiada natijalari quyidgicha bo‘ldi: 1-o’rin  «High Light»  jamoasi, 2-o’rin «Smart Team»  jamoasi, 3-o’rin «Diamond»  jamoasiga nasib etdi.

Bundan tashqri olimpiadaning Jamoaviy nominatsiyalari bo‘ycha «Eng ahil jamoa» deb «Medicus»  jamoasi topildi. «Eng kreativ jamoa» «High Light» va «Diamond» jamoasi bo‘ldi.


Individual nominatsiyalar bo’yicha «Eng bilimdon talaba»  Zarinabonu Yaxshiboyeva bo‘ldi, «Yosh lektor talaba» nominatsiyasi bo‘yicha esa Malika Akmalxonova g‘olib bo‘ldi.


Barcha g‘oliblar institut ma’muriyati va tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.

Muslimbek Hoshimov

ADTI Davolash fakulteti 423-gurux talabasi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!