Andijon davlat tibbiyot instituti rahbariyati tashabbusi bilan instiut sport zalida uyushmagan yoshlar – qizlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida hamda viloyatimizda o‘tkazilayotgan “Sport oyligi” munosabati bilan o‘tkazilgan mazkur musobaqada institut hududiga qo‘shni bo‘lgan mahallalardan taklif etilgan uyushmagan yoshlar katta qiziqish va faollik bilan ishtirok etdilar.
Eng asosiysi esa, qizlar sport bilan oshno bo‘lib jismoniy chiniqishlari bilan birga bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazdilar.