alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida mahalla yoshlari o‘rtasida voleybol bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi

17:40 23.12.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti rahbariyati tashabbusi bilan instiut sport zalida Andijon shahridagi “Namuna” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida hamda viloyatimizda o‘tkazilayotgan “Sport oyligi” munosabati bilan o‘tkazilgan mazkur musobaqada uyushmagan yoshlar katta qiziqish va faollik bilan ishtirok etdilar.

Eng asosiysi esa, yoshlar sport bilan oshno bo‘lib jismoniy chiniqishlari bilan birga bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazdilar.

ADTI ma’naviyat va ma’rifat, yoshlar bilan ishlash bo‘limi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!