Andijon davlat tibbiyot institutida Andijon viloyatining barcha tumanlardan tashrif buyurgan voleybolchi qizlar “Viloyat hokimi kubogi” uchun o‘zaro bahs olib bordilar.
Musobaqa davomida viloyatimiz tumanlarida qizlar o‘rtasida ommaviy sport turlariga qiziqish katta ekanligini ko‘rsatdi. Barcha o‘yinlarni muhlislar zo‘r qiziqish bilan kuzatib bordilar.
Murosasiz, keskin bahslar davomida faxrli 3-o‘rinni shahrixonlik voleybolchi qizlar, 2-o‘rinni Marhamat tumani jamoasi egalladi.
“Viloyat hokimi kubogi”ni Baliqchi tumani voleybolchi qizlari qo‘lga kiritishdi.
Qizlar o‘rtasidagi voleybol musobaqalarining barcha ishtirokchilari tashkiltchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildilar.