Andijon davlat tibbiyot institutida viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov huzurida 2018- yil 3- dekabr kuni o‘tkazilgan hokimlik soati yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlarning ijrosi yuzasidan 2018- yil 15-dekabr kuni institut asosiy binosida “Harbiy vatanparvarlik kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institut talabalari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar. O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi sadolari ostida davlat bayrog‘i ko‘tarildi.
Tadbirda qatnashgan talabalar va professor-o‘qituvchilarda harbiy vatanparvarlik tuyg‘ulari shakllanishida shu kabi tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.