Andijon davlat tibbiyot institutida mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida hamda viloyatimizda o‘tkazilayotgan “Sport oyligi” munosabati bilan tosh ko‘tarish musobaqasi o‘tkazildi.
Institutning fitnes zalida o‘tkazilgan musobaqada davolash fakultetining 101-, 102-, 103-guruh talaba yigitlari katta qiziqish va faollik bilan ishtirok etdilar.
“Salomatlik oyligi” chora-tadbirlari rejasiga ko‘ra institutda sport musobaqalari davom etmoqda.
Har bir musobaqada talabalar sport bilan oshno bo‘lib jismoniy chiniqishlari bilan birga bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazmoqdalar.
ADTI ma’naviyat va ma’rifat, yoshlar bilan ishlash bo‘limi