O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar, tubdan yangicha yondoshish, inovatsiyalar olib kirish, tibbiy ta’limni isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Amrillo Shodiyevich Inoyatov, Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin G‘ulomjonovich Yusupov, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Madamin Mo‘minovich Madazimov, Andijon viloyat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalari rahbarlari, tibbiyot xodimlari va Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari A.Sh.Inoyatov yig‘ilishda tizimda har bir xodim o‘z ustida ishlashi, shifokorlarni chet ellarga malaka oshirish uchun yuborish ishlariga alohida e’tibor berish lozimligi, tibbiyot institutida olib borilayotgan ta’lim tizimi sifatini jahon andozalari darajasiga olib chiqish lozimligini ta’kidlab o‘tdi, sog‘liqni saqlash tizimida joylardagi olib borilayotgan jarayonlarga aniq vazifalar va tavsiyalar berdi.
Yig‘ilishda Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S.G‘.Yusupov, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimovlar o‘z so‘zlarida sog‘liqni saqlash tizimida birgalikda olib borilishi lozim bo‘lgan masalalarni tizimli yo‘lga qo‘yish Andijon viloyati xalqi salomatligini saqlashda muhim omil ekanligini aytib o‘tdilar.
Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari A.Sh.Inoyatovning Andijondagi tashrifi davom etmoqda.
Andijon viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati