Andijon davlat tibbiyot instituti Yosh Volontyorlari navbatdagi targ’ibot ishlarini Andijon shahrining eski shahar markaziy dexqon bozori hududida o’tkazdilar. Yosh Volontyorlar tomonidan aholiga soglom turmush tarzini, tibbiyot hodimlari kelguniga qadar birinchi tez tibbiy yordamni korsatish hamda amalda bajarish kabi ommaviy tadbir tashkil etildi.
Aholining tibbiy madaniyati hamda tibbiyot hodimlariga bo’lgan ishonchi yanada yuksaltirilib, faol qatnashgan ishtirokchilarga institut yoshlar kengashi tomonidan asos solingan «bepul tibbiy ko’rikdan o’tishlarini ta’minlovchi sertifikat» bilan taqdirlandilar.
Aholi bunday tadbirlar bardavom bo’lishini va institut yoshlari tomonidan o’tkazilgan bunday targ’ibot ishlaridan mamnun ekanliklarini bildirdilar.