2021 yil 30 yanvar kuni Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “talabalikka bag‘ishlov” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni texnikum direktori M.Buvabekov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Texnikum rahbari o‘z so‘zida ta’lim muassasasi tarixi, buguni va kelajagi haqida batafsil ma’lumotlar berdi. So‘ngra O‘zbekiston Respublikasi davlat Madhiyasi yangradi. Talim muassasasi faoliyati aks ettirilgan videorolik namoyishi tadbirga fayz kiritdi. Tadbirning eng asosiy qismi talabalar qasamyodini qabul qilish jarayoni ham juda hayajonli o‘tdi.
Qasamyod qabul qilingandan so‘ng, texnikumga yangi qabul qilingan o‘quvchilarning eng faollariga ramziy kalit, reyting daftarcha va talabalik guvohnomasining ramziy timsollarini ta’lim muassasasi rahbari hamda ADTI rektori M.M.Madazimov tantanali ravishda topshirdilar.
O‘quvchilar tomonidan ijro etilgan raqs va eng dolzarb mavzu bo‘lgan pandemiyaga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishi o‘quvchilarni naqadar iqtidorli ekaniligidan dalolatdir. O‘quvchilar ishtirokida tabobat ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino siymosi gavdalantirildi.
Tadbirning yakunlovchi qismida ADTI rektori M.M.Madazimov tadbir tassurotlari va o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, kelajakda oliygoh balan olib boriladigan hamkorlik ishlari haqida gapirdi.