Andijon davlat tibbiyot instituti Farg‘ona vodiysidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan. Institutda andijonlik talabalar bilan bir qatorda ko‘plab farg‘onalik, namanganlik yoshlar ta’lim olishadi. Andijon viloyati bo‘ycha bu yil bitiruvchilar soni jami 396 nafarni tashkil qiladi. Shundan 234 nafari bakalavriat, 73 nafari klinik ordinatorlar, 89 nafari magistratura bitiruvchilari.
Bugun institut Kengashlar zalida Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutasaddilari bilan bakalavr va magistratura yo‘nalishlari bitiruvchilari hamda klinik ordinatorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvda institut prorektorlar, doktorantura va klinik ordinatura bo‘yicha mas’ullar, marketing xizmati bo‘limi xodimlari, fakultetlar dekanlari, dekan o‘rinbosarlari hamda bitiruvchilar ishtirok etdilar.
Tadbirni ADTI Buyurtmalar portfelini shakllantirish bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo’lim boshlig’i A.Ziyaev ochdi va institut bitiruvchi talabalariga mehmonlarni tanishtirdi.
Shundan so‘ng, Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Saloxiddin Yusupov so‘zga chiqib, tibbiyot tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar, o‘zgarishlar haqida fikrlar bildirdi. Shuningdek, Andijon viloyatidagi ish o‘rinlari, bitiruvchilarga yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar va imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Andijonlik ish beruvchilar bilan ochiq muloqot samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi. Har bir bitiruvchi o‘z ish joyiga ega bo‘ldi.