2018-yil 19-dekabr kuni Andijon shahri “Hamkor” biznes markazida xorijiy olimlar ishtirokida konferensiya bo’lib o’tdi.
Anjumanni gospital terapiya hamda 1-UASHT kafedralari hamkorlikda tashkil etdilar. “Gastroenterologiyaning dolzarb muammolari” deb nomlangan anjumanni ADTI ilmiy ishlar bo’yicha prorektori, professor G’.Hojimatov ochib berdi.
Konferensiyada xorijiy mehmonlar, institut professor-o’qituvchilari, klinik ordinatorlar hamda Farg’ona vodiysi viloyatlari endokrinolog, gastroenterolog , UASHlari ishtirok etdilar. Konferensiya dasturi bo’yicha tibbiyot instituti professor-o’qituvchilari hamda xorijiy olimlarning o’nga yaqin taqdimotlari ko’rib chiqildi. Xususan, Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash Vazirligining A.S.Loginov nomidagi Moskva klinik ilmiy markazi oshqozonosti bezi, o‘t yo‘llari va hazm trakti yuqori bo‘limlari patologiyalari bo‘limi boshlig‘i, tibbiyot fanlari doktori, professor Bordin Dmitriy Stanislavichning “Oshqozonosti bezi ekzokrin qismi yetishmovchilgini tashxis va davolash usullari” va “Jigarning alkogolsiz yog’li distrofiyasi, takliflardan klinik amaliyotgacha” mavzularida qiziqarli ma’ruzalari qatnashchilarga yetkazildi. Konferensiya kun tartibi bo’yicha yakuniga yetkazildi.