alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ULUG‘ SHOIRGA HURMAT

15:45 09.02.2021

Erta tongdan shahrimizdagi Alisher Navoiy nomi bilan ataluvchi madaniyat va istirohat bog‘i o‘ziga xos bayramona tus oldi.
Unda ijodga qiziqishi yuqori bo‘lgan keng jamoatchilik vakillari,  shoir va yozuvchilar hamda institutimiz rektori M. Madazimov boshchiligida institutimiz professor o’qituvchilari va 100 dan ortiq talabalarimiz ham ishtirok etishdi.
Dastlab bog‘dagi Alisher Navoiy haykali poyiga davlat va jamoat  tashkilotlari vakillari bilan bir qatorda rektorimiz va talabalarimiz ham gulchambarlar qo’yib, o’z ehtiromlarini bildirishdi. Ulug‘  shoirga hurmat bajo keltirishdi.
Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov hamda keng jamoatchilik vakillari ulug‘ ajdodimiz qoldirgan boy  ma’anviy merosni asrab-avaylash va uni qunt bilan o‘qib-o‘rganish muhim ekanligini alohida qayd etdilar.  
O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limi rahbari, shoira Hurshidabonu so’z olib, ulug’ shoirning hayoti va ijodiga oid na’lumotlar berdi.


Shoirning 580 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan mazkur tadbirning o‘ziga xos jihatlari shuki, yurtdoshlarimiz, ayniqsa yoshlar mangulikka daxldor bo‘lgan mutafakkirning  hayoti va ijodini, bobokalonimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromlarini o‘zlarining badiiy chiqishlarida, g‘azalxonlik va baxru bayt aytishuvlarida namoyish etdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!