O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli hamda 2017- yil 17- apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida 2021-yil 9-fevral kuni Rossiya Federatsiyasining Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo’shma ta’lim dasturida Stomatologiya yo‘nalishidatahsil olayotgan talabalar uchun «Термические поражения. Ожог, отморожения, электротравма» mavzusida onlayn ma’ruza tashkil etildi.
Ma’ruzada stomatologiya yo’nalishiga oid yangiliklar, tibbiy uskunalarning ishlatilishida tozalik qoidalariga hamda bu borada muntazam ehtiyotkorlik choralarini ko’rib borishlari lozimligi mutaxassislar tomonidan yana bir bor ta’kidlab o’tildi.
Ma’ruza so’ngida talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollariga javob oldilar.