ADTI Klinikasi binosida Otorinoloringologiya kafedrasi tomonidan «Shukronalik» tadbiri o’tkazildi.
Tadbirni Davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Ulugʻbek Karimov ochib, tinch va osoyishta o’tayotgan har bir kunimizga, sog’-salomat uyg’onganimizga shukronalik qilishimiz kerakligini ta’kidladi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan yana bir yangi hafta boshlandi.
Otorinoloringologiya kafedrasi ma’naviyat bo’yicha mas’uli U. Abdumutalipov tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev raisligida 19-yanvar kuni Ma’naviy -ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish masalalari bo’yicha o’tkazilgan yig’ilish to’g’risida talabalarga ma’lumot berdi.