Yana bir yangi tong otdi. Qalbimizda bugungi kun tashrifi uchun shukronalik keltiramiz beixtiyor. Institutning yangi binosida boshlanayotgan hafta rejalari sabab “Shukronalik “ tadbiri oʼtkazildi. Tadbir avvalida Oʼzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangradi. Tadbirda soʼz olganlar oʼtgan hafta davomida yurtimiz yangliklari, ayniqsa, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga qilgan tashrifi, u yerda yoshlar va aholi bilan boʼlgan muloqoti xususida, shuningdek, xorijda yuz bergan voqealar haqida talabalarga maʼlumot berdilar.
Tadbir yakunida, boshlanayotgan haftada qilinajak rejalar ham belgilab olindi.