Joriy yilning 17-22 dekabr kunlari Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.M. Madazimov Germaniya davlatida xizmat safarida bo‘lib qaytdi.
Safar davomida ADTI rektori Germaniyaning qadimiy oliygohlaridan – Rostok universiteti rektori Volfgang Sharen hamda Martin Lyuter Xеlle Vittenberk universiteti meditsina fakulteti dekani Mixayl Gekle bilan uchrashdi.
Uchrashuv jarayonida mazkur o‘quv dargohlaridagi o‘quv –uslubiy ishlar, ilmiy izlanishlar bilan yaqindan tanishdi. Har ikki universitetda amalga oshirilayotgan ilmiy, o‘quv-uslubiy va innovatsion texnologiyalar yuzasidan o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib oldilar.
Ikkitomonlama hamkorlik sharnomalarini imzoladilar.
Shuningdek, ADTI rektori M.Madazimov Germaniyadagi Yadro tibbiyot klinikasi (UMR)da o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotlarida ham ishtirok etdi va soha mutaxassislari bilan o‘zaro tajriba almashdi.
2019-yil fevral oyida mazkur oliygoh mutaxassislarining kelishi kutilmoqda.
ADTI rektori M.Madazimovning tashrifi xususida Germaniyaning ijtimoiy tarmoqlarida va Jahon axborot agentligi hamda daryo.uz saytlarida ham atroflicha ma`lumotlar chop etildi.