“Ma’rifat darsi” 4 bosqichdan iborat bo‘ladi.
1-bosqich: (20 daqiqa) Axborotlardan xabardorlik va yangi huquqiy normativ hujjatlar bilan qisqacha tanishish. Bu bo‘yicha OTMda axborot matni dars o‘tiladigan kundan bir kun oldin tayyorlanadi.
2-bosqich: (30 daqiqa) “Ma’rifat darsi” mavzusini yoritish. jadval asosida biriktirilgan OTM tomonidan tayyorlangan materiallar asosida o‘tkaziladi.
3-bosqich: (15 daqiqa) Talabalar bilan fazilatlar haqida suhbatlashish va turli illatlardan saqlanishga chorlash. hadis, hikmatli so‘zlar va rivoyatlardan misollar keltirish lozim.
4-bosqich: (15 daqiqa) Badiiy adabiyotlar bilan tanishish. Bu bosqichda har oyda o‘qish uchun rejalashtirilgan kitoblar haqida ma’lumot berish.