Bugun Аndijon Davlat tibbiyot instituti, GIZ va Germaniyaning Rostok universiteti bilan onlayn muloqot oʼtkazildi. Unda Endourologiya markazini rivojlantirish boʼyicha hamkorlik borasida fikrlar almashildi. Onlayn muloqotda institutimizdan rektor M. Madazimov, xalqaro aloqalar boʼyicha prorektor K. Salohiddinov, VMOF urologiya kafedrasi mudiri M. Shodmonov, АDTI klinikasi bosh shifokori B. Raxmonov, shuningdek, Rostok universiteti professori B. Krauze, Oliver X hamda GIZdan Bekker K ishtirok etdilar.
Muloqot davomida hamkorlar endourologiya markazini rivojlantirish, yetakchi endourologiya, onkourologiya, endohirurgiya yoʼnalishlari boʼyicha Germaniyaning yetakchi mutaxassislarini oʼqish jarayoniga jalb etish (bakalavriyat, magistratura, spetsializatsiya, malaka oshirish) borasida oʼz taklif va mulohazalarini bildirdilar.
Shuningdek, karonavirus pandemiyasi davrini hisobga olgan holda oʼqishlarni onlayn boshlash, yaʼni maʼruza, seminar, jarrohlik amaliyotlarini toʼgʼridan toʼgʼri uzatish, tinglovchilar bilan muloqot jarayonlari onlayn amalga oshiriladi. Pandemiya davri tugagandan soʼng esa akademik maktabni davom ettirish masalalari koʼrib chiqildi.
Umuman olganda, bu kabi hamkorlik muloqotlari Prezidentimiz qarorlari ijrosini taʼminlash, tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, talabalarning sifatli va samarali bilim olishlari uchun xizmat qilmoqda.