alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

REKTOR M. M. MADAZIMOVNING INSTITUTIMIZ XOTIN-QIZLARIGA BAYRAM TABRIGI

12:24 06.03.2021

Assalomu alaykum, muhtarama opa-singillar! Hurmatli hamkasblar!

Hammamiz orziqib kutgan mana shu go‘zal bahor kunlarida, 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami barchangizga qutlug‘ bo‘lsin!

Avvalo, sizlar hamkasb va talabalarim bo‘lish bilan bir qatorda onalarim, opalarim, singlim va qizlarimsiz. Siz aziz yaqinlarimni mana shu bayram bilan chin qalbimdan muborakbod etib, o‘zimning chuqur hurmat va ehtiromimni bildiraman.
Tabiatning fusunkor xusni avvalo ayoldan rang oladi desak, hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Boisi ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bo‘lib keladi. Shu bois ham dunyodagi eng buyuk san’at asarlari, qo‘shiq va qasidalar, me’moriy obidalar ayollar sha’niga bag‘ishlangandir.

Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Chunki sizlar bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir.

Tan olib aytish joizki, Sizlarning fidokorona mehnatlaringiz bilan har qanday og‘ir bemorlar sog‘aymoqda. Sizning shirin va muloyim so‘zlaringiz kishi qalbiga eng katta davodir. Qolaversa, ilm-ma’rifat yo‘lidagi izlanishlaringiz kelajak avlodni ayniqsa bo‘lg‘usi shifokorlarning malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlariga asos bo‘lmoqda.

Prezidentimiz va xukumatimiz tomonidan Ayollar va ularning salomatligi, turli sohalarda ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasida bir qator qaror va farmonlar qabul qilindi. Xususan, “Ayollar” va “Yoshlar daftari”ni alohida ta’kidlash o‘rinli. Barcha sohalar qatori tibbiyot sohasida ham keng imkoniyatlar eshigi ochildi. Chekka qishloqlarda faoliyat olib borishni istagan shifokorlar yashash sharoitini yaxshilash, imtiyozli kreditlar ajratilishi shular jumlasidandir. Quvonarlisi, kam ta’minlangan oila farzandlarining qizlari imtiyozli grand asosida o‘qishga qabul qilina boshladi. Bizning institutda ham hozirgi kunda 26 nafar imtiyozli davlat grandlari asosida o‘qiyotgan talaba qizlarimiz bor

Umuman olganda barcha xodim va talabalar uchun institutimizda imkoniyatlar yetarli va bunga javoban 2020-2021-yillar davomida muvafaqqiyatlarimiz ham bisyor. Aynan talaba qizlarimiz orasida Abu Ali ibn Sino hamda Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi g‘oliblari, ayniqsa Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti g‘oliblarining borligi bizga faxr va iftixor bag‘ishlaydi. Kuni kecha akusherlik va ginekalogiya mutaxassisligi magistraturasi talabasi Mehrinoz Komilova Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgani barchamizga bahor tuhfasi bo‘ldi. Mana shunday iqtidorli va oqila qizlarimizning g‘alabalari ortida ustoz va murabbiylarning o‘rni beqviyos. Qator innovatsion loyihalar rahbari, dotsent, ijtimoiy gigiena va sog‘liqni saqlash bo‘limi kafedrasi mudiri Svetlana Babich, 2020 yil tibbiyot fanlari doktori Oltinoy Yakubbayeva, Mohigul Jo‘rayeva, xotin-qizlar o‘rtasida 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihalar muallifi Xurmatoy Xonkeldiyeva, qator monografiyalar muallifi Xamro Tillayevalarni alohida e’tirof etish o‘rinli. Ilmiy, o‘quv-metodik, ma’naviy-ma’rifiy va sport ishlarida fidokorona mehnat qilayotgan Mavjuda Abdullayeva, Dilfuza Abduqodirova, Gulnora Mamatxo‘jayeva, Shaxnoza Yusupova, Nargiza Nasriddinova, Umida Arzibekova, Malika Abdullayeva va bir qator izlanuvchan va salohiyatli ustozlar institutimiz sharafini ko‘kka ko‘tarishda astoydil xizmat qilmoqda.

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish maqsadida turli musobaqalarda ham ayollarimiz faol ishtirok etmoqdalar. Yil davomida barcha kafedra xotin qizlariga reja asosida institut sport zalida shugullanish belgilangan. 2-oktabr kuni institut xotin-qizlar jamoasi viloyat sportakiadasida qatnashib strit bol, arqon tortish, gimnastika kabi musobaqalarda faxrli 2-o‘rin olib keldilar. Oktabr oyi davomida sportning voleybol, basketbol turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Noyabr oyida stol tennisi, strit bol, shaxmat shashka kabi musobaqalar o‘tkazildi.  Dekabr  oyidagi  “Viloyat hokim kubogi”  sport  musobaqasida ham institut professor o‘qituvchilarining “Ayollar jamoasi”  fahrli 2-o‘rinni egalladilar.

So‘zimning oxirida barchangizni Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman, oilangiz, farzandlaringiz, el-yurtimiz baxtiga hamisha sog‘-omon bo‘ling! Barchangizga oilaviy xotirjamlik, xonadonlaringizga tinchlik, fayzu baraka tilayman.

Doimo xalqimiz, Vatanimizning yuksak mehri va ardog‘ida bo‘lish hammangizga nasib etsin!

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!