Ichki turizmni, ayniqsa talabalar turizimni yanada rivojlantirish borasida amaliy ishlar qilinmoqda. Hozirda institutimizning “Ibn Sino izdoshlari” jamoasining 5 nafar a’zolari ham Toshkent tibbiyot akademiyasida 5 kunlik o‘quv-treningda ishtirok etmoqdalar.
Unda talabalar “Yurak-o‘pka reanimatsiya asoslari”, “Desmurgiya” “Jarrohlikda oddiy va murakkab bog‘lamalar, boylash ko‘nikmalari”, “O‘tkir zaharlanishlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish”, “Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish” kabi mavzulardagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda faol qatnashmoqdalar. Bu jamoa a’zolarining mashg‘ulotlarda faol ishtiroklari xatto Toshkent tibbiyot akademiyasi xodimlarining e’tiborini qozondi. Institutimiz ma’muriyatiga bildirilgan tashakkurnoma buning yorqin isboti bo‘la oladi. O‘quv-trening taassurotlari bilan “Beshinchi fasl” rukni orqali jamoa a’zolari bilan bo‘lgan suhbatlarimizda o‘rtoqlashamiz.