Salomatlik tozalik va ozodalikni talab etadi. Bu qoidaga amal qilishni avvalo o‘zi farz bilgan institutimiz jamoasi hayriya hashariga bel bog‘ladilar.
O‘zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-martdagi 96-F-sonli Farmoiyshi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 11-martdagi 127-sonli buyrug‘iga asosan bugun institutimizning asosiy va qo‘shimcha o‘quv binolari, ADTI klinikasi, talabalar turar joylarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘tkazilmoqda. Mazkur hayriya xasharida 210 nafar xodimlarimiz uyushqoqlik bilan ishtirok etmoqdalar.
Unda 2,5 gektar yer obodonlashtirilib, 2 tonnaga yaqin chiqindilardan tozalanmoqda. 2 kilometr ariq va zovurlar ham ozoda etildi. Shuningdek, 3000 tup gul go‘chatlari, 20 tup archa daraxti va 30 tup manzarali daraxtlar o‘tqazildi. 200 ga yaqin daraxtlar esa oqlandi. Hayriya hashariga 2 ta texnika biriktirildi.