ILMIY-TADQIQOTLAR, INNOVATSIYALAR VA ILMIY PEDOGOGIK KADRLARNI TAYYORLASH BO‘LIMI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ILMIY-TADQIQOTLAR, INNOVATSIYALAR VA ILMIY PEDOGOGIK KADRLARNI TAYYORLASH BO‘LIMI

Mamatxujayeva Gulnaraxan Najmidinovna
Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent. Bo’lim boshlig’i.

Telfon: 74 2233469
e-mail: dr_gulnora@mail.ru

BO‘LIM TARIXI VA FAOLIYATI

1955-1960-yillarda institut yangi tashkil topgan bo‘lib, bu yillarda ilmiy-pedagogik kadrlar masalasida anchagina yetishmovchilik bor edi. Institutning bu sohadagi ehtiyojini qondirish uchun Toshkent va Samarqand tibbiyot institutlaridan yosh, pedagog-olimlar Sog‘liqni saqlash vazirligining yo‘llanmasi bilan institutga ishlash uchun yuborilgan. Professor va dotsentlar K.A.Zufarov, N.P.Sokolov, E.Kolos, I.G.Mardershteyn, A.YA.YAsnogorodskiy, I.K.Karayev, Yo.X.Turaqulov, N.K.Axmedov, P.J.Tulyaganov, V.A.Babayeva, T.M.Koriyev, G.F.Korotko, X.K.Saloxitdinov, B.N.Soybel, N.I.Pasternak va boshqalar institutning to‘laqonli faoliyat davomida fidokorona mehnat qildilar. Ularning rahbarliklari ostida ko‘plab fan nomzodlari va fan doktorlari tayyorlandi va institutning ilmiy va pedagogik salohiyati sekin-asta oshib bordi. Bu natijalarga erishishda institut ilmiy ishlar bo‘yicha prorektorlari vazifasini bajargan olimlarning hissaлари ham kattadir.

INSTITUTDA FAOLIYAT KO‘RSATADIGAN ILMIY BO‘LIM BOSHLIQLARI

1970-yilning 1-avgustidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i bilan institutda ilmiy bo‘limi tashkil qilindi. Keyinchalik mazkur bo‘lim ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi deb nomlandi. Institutda quyidagi professor-o‘qituvchilar ilmiy bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borganlar:

1972-1975 yillarda dotsent M.E.Islyamova.

1975-1997 yillarda dotsent L.I.Ushakova.

1998-1999 yillarda dotsent S.J.Bekbulatova

1999-2000 yillarda dotsent E.S.Dadaxo‘jayev

2000-2005 yillarda dotsent R.M.Yunusov

2005-2008 yillarda t.f.d., dotsent A.I.Xatamov

2008-2010 yillarda dotsent U.T.Abduqodirov

2010-2016-yillarda dotsent Sh.A.G‘ulomov

2016-yildan hozirgi kunga qadar dotsent G.N.Mamatxujaeva ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Oxirgi 5 yil ichida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 40 ta doktorlik, 126 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Bundan tashqari 2000 dan ortiq ilmiy maqolalar, 5000 dan ortiq ilmiy tezislar nashr qilindi. 21 ta patent, 271 ta DGU olindi, 530 ta ratsionalizatorlik takliflari, 545 ta amaliyotga tatbiq ishlari tayyorlandi, 200 dan ortiq monografiya nashr qilindi. Shu davr ichida 134 ta ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazildi.

BOLIM XODIMLARI

USMONOVA NASIBAXON RUZIBEKOVNA
Bo’lim muhandisi

Telfon: 74 2233469

 

 

NE’MATOV ISOMIDDIN SHAROBIDDIN O’G’LI
Bo’lim muhandisi

Telfon: 74 2233469

 

 

MO’MINOVA OYDINOV ABDUKAROMOVNA
Bo’lim muhandisi

Telfon: 74 2233469

Skip to content Click to listen highlighted text!