alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TАLАBАLАRIMIZ 5000 $ MIQDORIDАGI GRАNT GʼOLIBI BOʼLDILАR

17:20 31.03.2021

Maqsadli gʼoya va loyihalarni moliyalashtirish qiyin emas. Tashkillanayotgan turli grantlar loyihalaringizni qoʼllab-quvvatlaydi. Kishida iqtidor va harakat boʼlsa bas. BMT va Yoshlar ishlari agentligi qoʼshma loyihasi asosida oʼtkazilgan “JustStart” nomli 4 oylik “startup akselerator” tanlovi oʼtkazildi. Unda 186 nafar jamoalar ishtirok etgan boʼlsa, 34 ta jamoa final bosqichida qatnashdilar.

Gʼolib boʼlgan jami 10 ta jamoa tarkibida bizning 2 nafar talabamiz ham muvafaqqiyatga erishdi. Stomatologiya fakultetining 4-bosqich talabasi Аzizbek Salomov hamda Pediatriya fakultetining 4-bosqich talabasi Аbdurauf Аbdurashidov tanlov treninglarida faol ishtirok etib, final “Demo-day” bosqichida gʼoliblikka erishdilar va 5000 $ miqdoridagi grantni qoʼlga kiritdilar. Ularni institutimiz rektori M. Madazimov muborakbod etdi va kelgusi izlanishlarida omad tiladi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!