alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

EL SALOMATLIGI UCHUN

13:04 05.04.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 6110-sonli “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog’liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga asosan viloyatimizning barcha tuman va qishloqlarida “Bor mehrimiz shu Vatan, shu xalq uchun!” shiori ostida salomatlik aksiyasi tashkil etilmoqda.

Unda Andijon davlat tibbiyot institutining 15 nafar yetakchi olimlari (xirurg, oftalmolog, endokrinolog, kardiolog, terapevt, pediatr, infeksionist, dermatovenerolog, onkolog, nevropatolog, akusher-ginekolog, travmatolog, neyroxirurg) ishtirok etmoqdalar. Tibbiy-ko‘rik bu gal Jalaquduq tumanidagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada hamda tuman tibbiyot birlashmasining ichki kasalliklar va bolalar bo’limlarida o‘tkazildi. “Temir daftari”ga kiritilgan 22 nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy-ko‘rikdan o’tkazildi.

Shuningdek, 2 ta jarrohlik amaliyoti ham o‘tkazildi. Mutaxassislarimiz 8 nafar bemorni uylariga borib salomatliklaridan habar oldilar. Bemorlar bilan birma-bir suhbatlar ham tashkil etilib, salomatliklari bilan birga ruhiy holatlariga ham alohida e’tibor qaratildi.

O‘tkazilayotgan bu kabi tibbiy-ko‘riklar bemorlarning yashash sharoitlaridan kelib chiqqan holda markazlarga borib emas, tuman va qishloqlarning o‘zida ham ularga ko‘mak berishda qo‘l kelmoqda. Salomatlik aksiyalari davom etmoqda.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!