Tinib-tinchimas “Yosh volontyorlar” jamoasi targʼibot-tashviqot ishlarini davom ettirmoqdalar.

Bu gal 30 nafarga yaqin yoshlarimiz Аndijon tumanidagi 3-sonli va Xrabey oilaviy poliklinikasida, “Sharq yulduzi” xududida boʼlib, aholi bilan sogʼlom turmush tarzi, toʼgʼri ovqatlanish qoidalariga rioya qilish, Sovid – 19 kasalligining oldini olish chora-tadbirlari borasida tushuntirish ishlarini olib bordilar.

Shuningdek, aholiga tibbiy xizmat ko’rsatdilar. Ularning bunday tashabbus va saʼy-haroakatlari albatta, aholi salomatligiga qaratilgan.
