“Bor mehrimiz shu Vatan, shu xalq uchun!” shiori ostidagi salomatlik aksiyasi Jalaquduq tumanida davom etmoqda. Institutimizning 25 nafar yetakchi mutaxassislarimiz, rektorimiz M. Madazimov ham tuman tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika Oyim bo‘limi, Dalvarzin Teshiktosh, Toshbuloq QVP xizmat o‘ramida yashovchi “Temir daftari”ga kiritilgan aholini chuqurlashtirilgan tibbiy-ko‘rikdan o‘tkazdilar
Tibbiy-ko‘rik davomida 93 nafar fuqaro EKG, 18 nafari bioximik labaratoriya, 72 nafari klinik labaratoriya, 95 nafari UTT tekshiruvlaridan o‘tkazildi. Bu bemorlarning 95 nafari “Temir daftari”ga, 67 nafari “Ayollar daftari”ga kiritilgan. Ularning barchasi tibbiy-ko‘rikdan o‘tkazilib, mutaxassislar tomonidan kerakli tavsiyalar berildi. 2 nafar bemorning uyiga borib, holidan xabar olindi. 2 nafar bemor murakkab jarohlik amaliyotidan o’tkazildi. Shifoxona sharoitida yotib davolanadigan bemorlarga markaziy shifoxonalarga yo‘llanmalar berildi.