Andijon davlat tibbiyot instituti akademik litseyida Andijon davlat tibbiyot instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o’qituvchilari hamda litsey Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o’qituvchilari o’zaro hamkorlikda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan tadbir o’tkazdilar.
Tadbirda ADTI Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti Barno Botirova, katta o’qituvchisi Nodira Nurmatova, litsey yoshlar bilan ishlash bo’yicha direktor o’rinbosari Otabek Karimov, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o’qituvchilari Farog’iddin Qurbonov, Gulbahor Jalilova o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Ular buyuk jahongirning muvafaqqiyatli yurishlari, odilona davlat boshqaruvi, harbiy intizomi borasida o’quvchilarga ma’lumotlar berdilar. Sh. Orifjonov, B. Toshbotirova kabi o’quvchilarning savollariga mutaxassislar atroflicha javob berdilar.