Talabalarimizning bo‘sh vaqtlarining o‘zi yo‘q. Turli sport to‘garaklari ularga kuch-g‘ayrat va mazmunli onlarni ulashamoqda. “Andijon yoshlarni birlashtiradi” shiori ostida tashkillanayotgan tadbirlar 5 ta muhim tashabbus doirasida o‘tkazilmoqda. Bu gal “Sog‘liq – sportga bog‘liq” mavzusida turli musobaqalar tashkil etildi.
Muhammadyusuf Umaraliyev Davolash fakultetining 1-bosqich talabasi. Bo‘sh vaqtlarida shaxmat-shashka sport turlari bilan shug‘ullanib turadi. Tadbir doirasida mazkur sport turi bo‘yicha raqiblaridan ustun keldi. Syed akbar shah kabi xorijlik talabalarimiz o‘zbek talabalari bilan arqon tortish bo‘yicha kuch sinashdilar. Bor kuch-quvvatini ishga solgan xorijlik yoshlar muvafaqqiyat qozondilar.
Shuningdek, tadbir davomida futbol, stol tennisi kabi sport bellashuvlari ham bo‘lib o‘tdi. Musobaqani kuzatib borgan viloyat xokimligi kotibiyat mudiri E. Xolmirzayev, oliy ta’lim muassasalarining rektorlari, rektorimiz M. Madazimov ularni birdek qo‘llab-quvvatlab turdilar. Munosib taqdirlangan g‘oliblarga omad tiladilar.