Bolalikka biroz bo‘lsada qaytamiz va o‘yinlardan zavq olamiz. Milliy sport o‘yinlarida talabalar qatori o‘qituvchi va murabbiylar ham ishtirok etishlari mumkin. “Milliy o‘yinlar – salomatlik garovi” shiori ostida tashkillangan rektor kubogi 2021-yil 15-aprel kuni soat 16:00 da talabalar turar joyida o‘tkaziladi. Arqon tortish, “Oq terakmi, ko‘k terak?”, arg‘imchoqda sakrash, tosh ko‘tarish, “Doiradan chiqar”, estofeta musobaqalari kabi o‘yinlari ayol va erkaklar jamoasi tarkibida o‘ynaladi. G‘oliblar rektor kubogi bilan bir qatorda qimmatbaho sovg‘alar bilan ham taqdirlanadilar. Tanlovda ishtirok etishni istaganlar Jismoniy tarbiya kafedrasiga murojaat qilishlari mumkin.
Salomatlik oyligida faol ishtirok eting!