Viloyat xalq taʼlim boshqarmasi boshligʼi tashabbusi bilan “Kimyo kuni” barcha maktablarda keng nishonlandi. Marhamat tumanidagi 31-DIMIda bayram koʼtarinki ruhda oʼtkazildi. Unda institutimizning kimyo kafedrasi dotsenti N. Razzoqov va Biologiya fanlari nomzodi, dotsent T. Saydullayev ham ishtirok etdilar. Tadbir davomida bitiruvchi sinf oʼquvchilariga oʼquv-treninglari tashkil etildi. Unda oʼquvchilarga professorlarimiz tomonidan fanga oid qizaqarli va kerakli maʼlumotlar berildi.