alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TIBBIY KOʼRIK – SOGʼLIGIMIZ GАROVI

18:05 20.04.2021

Xoʼjaobod tumanidagi KTMPda Аndijon davlat tibbiyot institutining 17 xil mutaxassisliklaridan iborat 26 nafar professor-oʼqituvchilardan tashkil topgan ishchi guruh 689 nafar aholini tibbiy koʼrikdan oʼtkazdilar. Mazkur fuqarolarning 102 nafari “Temir daftar”ga, 115 nafari “Аyollar daftari”ga, 12 nafari esa “Yoshlar daftari”ga kiritilgan. 154 nafar fuqarolar UTT tekshiruvlaridan oʼtkazildi.

Bemorlarning 16 nafariga viloyat DPMlariga, 1 nafariga viloyat kardiologiya markaziga, 3 nafariga АDTI klinikasiga davolanish uchun yoʼllanmalar berildi. Shuningdek, 8 nafar institutning endokrinolog mutaxassislari tomonidan tumanning 109 nafar fuqarosida yashirin uglovod tekshiruvi oʼtkazildi. Ushbu fuqarolarning 76 nafarida oʼzgarishlar aniqlanmadi, 30 nafarida diabet oldi va 3 nafarida qandli diabet aniqlanib, ularga kerakli tavsiya va maslahatlar berildi.

Xoʼjaobod tumanidagi aholini sogʼlomlashtirish tadbirlari davom etmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!