Xarkov milliy tibbiyot universitetining dotsenti Dolya Eduar institutimizning Stomatologiya fakulteti va stomatologik kasalliklar propedevtikasi kafedrasining dotsenti sifatida talabalarga “Klinik endordontiya” fanidan videokonferensaloqa tarzida dars olib boradi. 3-bosqich talabalariga o‘tilgan dars “Endodontiyaning zamonaviy davolash usullari” mavzusidagi navbatdagi mashg‘ulot ham qizg‘in savollarga boy tarzda o‘tdi.
Dastavval tabrik so‘zini bildirgan instiut rektori M. Madazimov ta’lim jarayonlaridagi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik talabalarga sifatli va samarali bilim berilishiga xizmat qilayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi. Kafedra mudiri Z. Xakimova hamda kafedra xodimlari ham mazkur dars mashg‘ulotlarida ishtirok etidilar.
I. Samaraxonovning “Apeks lokatorning ishlatish xususiyatlari qanday?”, M. Islomjonovaning “Dentim kanallarining ahamiyati nimada?” kabi savollariga dotsent tomonidan atroflicha javob berildi.