alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

NАVBАTDАGI TАRGʼIBOT “QOʼSH АRIQ” MFYDА DАVOM ETDI

19:46 29.04.2021

Har bir yoshga birgina mahalla emas, barcha birdek masʼul. Аndijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan mahallalar orasida “Qoʼsh ariq” mahalla fuqarolar yigʼini ham bor. Madaniyat oyligi doirasida iqtidorli talabalarimiz mazkur manzilda boʼldilar. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʼtgan videoselektor yigʼilishida yoshlarning boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish, ularni toʼgaraklarga jalb etish borasidagi topshiriq yuzasidan amalga oshirilayotgan bunday uchrashuvlar barcha koʼngilli yoshlarni birlashtirmoqda. Unda Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor M. Botirov hamda Maʼnaviyat va maʼrifat, yoshlar bilan ishlash boʼlimi boshligʼi А. Аbduhalimov ham ishtirok etdi.

Mahallada jami 6977 nafar aholi boʼlib, shundan 799 nafarini yoshlar tashkil etadi. Shulardan, 24 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan.

Dastavval tadbirni “Botir Zokirov” nomidagi yosh musiqachilar oʼzlarining shoʼx taronalari bilan boshlab berdilar. Xalqaro olimpiada gʼoliblari “Yosh akademiklar” tomonidan birinchi tez tibbiy yordam koʼrsatish usullarini amaliy jarayonlar bilan koʼrsatib berdilar. “Yosh volontyorlar” guruhi aʼzolari sogʼlom turmush tarzi, toʼgʼri ovqatlanish hamda pandemiyaga qarshi kurashish va karantin talablariga rioya qilish boʼyicha targʼibot ishlarini olib bordilar. Tayyorlangan kuy-qoʼshiqlar, raqs guldastasi barchaga manzur boʼldi. Tadbirda 90 nafardan ziyod mahalla aholisi, jumladan yoshlar ishtirok etdilar. Ayniqsa, nuroniy otaxonlar iqtidorli talabalarni qo’llab-quvvatlab turdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!