alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

TUG‘MA VA ORTTIRILGAN YURAK NUQSONLARINI BARTARAF ETISH TASHRIXLARI O‘TKAZILMOQDA

11:51 05.05.2021

Andijon davlat tibbiyot institutida bir qator malakali professor-o‘qituvchi shifokorlar faoliyat olib boradilar. Ular kam ta’minlangan oilalarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratadilar. Umumiy jarrohlik kafedrasi xodimlari tomonidan tug‘ma va orttirilgan yurak nuqsonlarini bartarf etish tashrixlarini amalga oshirib kelmoqdalar.

ADTI klinikasi 2-jarrohlik bo‘limida joriy yilning 27-aprelidan to shu kunga qadar  “Zamin fondi” mablag‘lari hisobidan viloyatimizdagi “Temir daftari”ga kiritilgan mazkur kasalligi bor 5 nafar bolalarda jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Bo‘lim mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi A. Tursunovning ma’lumotlariga ko‘ra, bemorlarning bugungi kundagi ahvoli yaxshi, sog‘liqlari yana bir bor tekshiriuvdan o‘tkazilib, uylariga ruxsat berilmoqda.

Tez kunlarda yana shunday 7 nafar bemorlarga tashrixiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!