Vatan tinchligi yoʼlida xalok boʼlgan mard va jasur oʼgʼlonlarning yodi barhayot. Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi xodimlari xizmat vazifasini bajarish vaqtida vafot etgan Аsaka tumani Dasturxonchi MFYda istiqomat qilgan oddiy askar Xolmuhammad Sobirovning xonadonida boʼldilar. Kafedra xodimlari uning oila aʼzolari bilan boʼlgan suhbatda 2005-yilda yurt sarhadlari himoyasi yoʼlida jonfido qilgan Xolmuhammad sodda, kamtarin, magʼrur va mehribon yigit boʼlganligi toʼgʼrisidagi maʼlumotga ega boʼldilar.