alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ABDULLAJON OTA OLOVLI YILLAR QAHRAMONI

08:31 10.05.2021

Shaxrixonlik Abdullajon ota Usmonov 98 yosh bilan qarilik davrini surmoqda. Otaxon har gal duoga qo‘l ochar ekan, tinchlik va omonlikni tilaydi. Chindan ham tinchlik qadrini Ikkinchi jahon urushi yillarida olovli janglarda Vatan uchun o‘z jonidan kechib jang qilgan qahramonlar yaxshi bilishadi.

Abdullajon otani kutib olish katta tantanaga aylandi. Bir chiziqda saf tortib turgan Harbiy tayyorgarlik kafedrasining yigitlari otaxonni olqishlar bilan qarshi oldilar. Institut rektori M. Madazimov, 1-UASh tayyorgarlik kafedrasi mudiri, professor Z. Salohiddinov fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 76 yilligi munosabati bilan otaxonni muborakbod etdilar.

Abdullajon ota talabalar bilan dildan suhbat olib borar ekan, jang maydonlarida qanday kurash olib borilgani, quroldoshlar orasidagi ahillik, urushning zaxmatli kunlarini ko‘zida yosh bilan esladi. Bugungi dorulamon kunlarga shukronalar keltirdi.

Tadbirdan so‘ng ADTI klinikasida otaxonni yana bir bor tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shifokorlar ularga kerakli tavsiyalarni berdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!