Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A. Abduvaxitov raisligida mahalla bilan ishlashning yangi tizimini joriy etiish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha rektor rahbarligida dekan va uning o‘rinbosarlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Ilmiy kengashlar zalida o‘tgan mazkur yig‘ilish “Mahallalarda nima ishlar amalga oshirildi va qanday takliflar bor?” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori M. Madazimov hamda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor M. Botirov ishtirok etdi. Yig‘ilishda Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan mahallalarda qanday ishlar amalga oshirilayotganligi, o‘tkazilayotgan to‘garaklar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning sifat darajasi, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rib chiqildi. Taklif va mulohazalar o‘rganilib, amaliyotga tadbiq etish rejalari belgilab olindi.