Viloyatimiz aholisiga qulaylik yaratish maqsadida har bir tuman va shaharlarda institutning professor-oʼqituvchilari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy-koʼrik oʼtkazib kelinmoqda. Navbatdagi tadbir Аndijon shahridagi 6-Oilaviy poliklinikasiga qarashli “Sanoat”, “Mehnat”, “Sholdirama”, “Ozodlik”, “Delvarzin”, “Paxtakor”, “Shodlik” MFYlari aholisi uchun tashkil etildi.
Chuqurlashtirilgan tibbiy-koʼrikda institutning 17 turdagi mutaxassisliklardan iborat 24 nafar professor-oʼqituvchilar ishtirok etdi. Tibbiy-koʼrikdan oʼtkazilgan 351 nafar aholining 56 nafari “Temir daftari”ga, 20 nafari “Аyollar daftari”ga va 12 nafari “Bolalar daftari”ga kiritilgan. Barcha koʼrikdan oʼtganlarga kerakli tavsiya va maslahatlar berildi. Koʼrik davomida shifoxonalarda yotib davolanishga muxtoj boʼlgan 7 nafar bemorga viloyat davolash profilaktika muassasalariga, 1 nafar fuqaroga kasalligi boʼyicha profilaktik muolajalarni olish uchun sixatgohga yoʼllanma berildi.
Shuningdek, tibbiy himoyaga muxtoj boʼlgan 3 nafar fuqarolarga uylariga borib kerakli yordam koʼrsatildi. Institut professor-oʼqituvchilari tomonidan tashkil etilayotgan aholini sogʼlomlashtirish tadbirlari davom etmoqda.