Ukraina ilmiy-amaliy endokrin xirurgiya, endokrin a’zolari va to’qimalar transplantatsiyasi markazi patalogiya bo’limi katta ilmiy xodimi Konstantin Aleksandrovich Zuyev ishtirokida «Birlamchi giperparatireoz turli klinik ko’rinishlari, tashxislashdagi qiyinchiliklar» mavzusida talabalar, magistrlar va klinik ordinatorlarga onlayn videoma’ruza o’tkazildi.
Ma’ruza boshlanishidan oldin Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi mudiri Sh.Yusupova «Birlamchi giperparatireoz» mavzusida talabalarga ma’lumot berdi. Videoma’ruza davomida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob oldilar.