2019-yil 9-yanvar kuni ADTI ilmiy kengashlar zalida ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan “Harbiy vatanparvarlik oyligi”ga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.Tadbirga Andijon shahridagi “N” harbiy qismdan bir guruh mehmonlar: Sharifjon Nazarov, Xondamir Axmedov, Ilhomjon Maniyozov va Oybek Ismatovlar tashrif buyurdi.
Tadbirni institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Arziqulov ochib, “Harbiy vatanparvarlik oyligi”ning mazmun-mohiyati haqida gapirib, yig‘ilganlarni mehmonlar bilan tanishtirdi.Shundan so‘ng, mehmonlardan harbiy qism katta serjanti Sharifjon Nazarov so‘z olib, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan e’lon qilingan “Harbiy vatanparvarlik oyligi” tadbirlarining ahamiyati, bugungi kunda Armiya bilan xalq o‘rtasidagi hamkorlik va bog‘liqni o‘rnatish, harbiylar bilan fuqarolarning hamjihat va hamnafasligini oshirish bilan ona Vatanimiz mudofaasini mustahkamlashga erishish bosh maqsad ekanligini ta’kidladi. Tadbir davomida institut professor-o‘qituvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.