Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablarining 9-10-sinf o‘quvchilari Andijon davlat tibbiyot institutida bo‘ldilar. O‘quvchilar institutda talabalarning sifatli va samarali bilim olishlari uchun barcha imkoniyatlar yetarli ekanligiga guvoh bo‘ldilar. Ayniqsa, kimyo va biologiya xonalarida bo‘lib, o‘quv labaratoriya faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tajriba jarayonlarida bevosita ishtirok etdilar.