Yoshlarni bir maqsad sari birlashtiruvchi “Yoshlar forumi Andijon – 2021” tadbiri bugun strat oldi. Uch kun davom etadigan mazkur forum doirasida bir qator ko‘ngilochar, ma’naviy-ma’rifiy, konsert dasturlari o‘rin olgan. Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi viloyat musiqali drama teatrida forum doirasida viloyat xokimi kubogi o‘tkazildi. Unda viloyatimizning barcha oliy, o‘rta-maxsus ta’lmi muassasalari hamda musiqa va san’at maktablari jamoalari ishtirok etdilar.
Jamoalar tadbir davomida o‘zlari sahnalashtirirgan teatr ko‘rinishlarini namoyish etdilar. Sahnalashtirilgan barcha spektakllar badiiyligi, tarbiyaviy ahamiyati, ta’sirchanligi bilan barchaga manzur bo‘ldi. Ayniqsa, Andijon davlat tibbiyot institutining “Shifokorlar” jamoasningi Sharof Boshbekov asari asosida sahnalashtirilgan “Ko‘cha bolalari” spektakli institut talabalari tomonidan mohirona ijro etildi va tomoshabinlarning taxsiniga sazovor bo‘ldi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, o‘z sahna ko‘rinishlarida ota-onaga hurmat, mehnatsevarlik, izlanuvchanlik fazilatlarini tarannum etgan “Shifokorlar” jamoasi viloyat hokimi kubogini qo‘lga kiritdilar.