2019-yil 21-yanvar kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “shukronalik tadbiri“ o‘tkazildi. Tadbirda institut talabalariga O‘zbekiston hamda jahon miqyosida sodir bo‘layotgan yangiliklar, mamlakatimiz rahbari tomonidan oliy ta’lim va tibbiyot sohasiga ulkan e’tibor berilayotganligi, to‘g‘risida fikrlar bildirildi.
Bundan tashqari institutda korrupsiya va ta’magirlikni oldini olish, uni keltirib chiqaruvchi sabablarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida chora-tadbirlar rejasini tuzib chiqilganligi va bu borada bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida davolash fakulteti dekan muovini U.Karimov tomonidan aytib o‘tildi.
Shundan so‘ng, institut talabalari va professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi ijro etildi hamda davlat bayrog‘i ko‘tarildi.