Inson halol mehnati va sabr-matonati bilan jamoada obroʼ-eʼtibor topadi. Аna shunday jonkuyar inson, oʼz kasbining fidoyisi АDTI klinikasi shifokori, tashrix boʼlimi mudiri Muzaffar Xolmatov 1967-yildan buyon mazkur sohada faoliyat olib bormoqda. U koʼplab bemorlarning dardiga davo boʼlib xizmat qilmoqda. Bir qator shogirdlarning ustozi. Jamoada oʼzining pand-nasihatlari, oʼgitlari bilan barchaning koʼnglidan joy olgan. M. Xolmatov tibbiyot sohasidagi samarali mehnatlari samarasi oʼlaroq “Mehnat faxriysi” koʼkrak nishoni bilan taqdirdlandi.